01:50 / 01.02.2019
11311

«Barselona» 20 yoshli futbolchi transferini e'lon qildi

Foto: Barselona

Braziliyaning «Atletiko Mineyro» klubi himoyachisi Emerson faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

20 yoshli braziliyalik kataloniyaliklar bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Uning transfer qiymati 12 million yevroga teng bo‘ldi.

Emerson «Barselona»ga 2019 yil 1 iyul kuni kelib qo‘shiladi. U Braziliya chempionatining o‘tgan mavsumida 23ta o‘yinda maydonga tushgan.

Top