8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

10:43 / 01.02.2019 19895

Ish staji va maoshga doir arxiv ma'lumotlarini onlayn olish mumkin 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) ish staji va maoshga doir arxiv ma'lumotlarini onlayn olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Jismoniy shaxslar uchun tashkil etilgan xizmat bepul tarzda taqdim etiladi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun YaIDXP yagona identifikatsiya tizimi — OneID orqali portalga tashrif buyurish talab etiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ushbu xizmatlar taqdim etilmoqda. Tashkiliy ishlar bilan hukumat huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi shug‘ullanadi.

Top