8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

07:40 / 01.02.2019 10146

Italiya Xuan Guaydoni Venesuela prezidenti deb tan olishdan bosh tortdi 

Foto: REUTERS

Rim Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olmaydi. Bu haqda Tg2000 efirida Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Manlio di Stefano aytib o‘tdi.  

Uning aytishicha, Italiya bir davlat yoki davlatlar guruhi boshqa bir davlatning ichki siyosatini belgilashiga qarshi. “Bu aralashmaslik tamoyili deb ataladi va BMT tomonidan tan olinadi”, deb aytgan diplomat.

Di Stefano hozirda Venesuelada urushga yo‘l qo‘ymaslik eng muhim masala hisoblanishini qo‘shimcha qilgan. “Bu xatoga Liviyada yo‘l qo‘yilgan va bugungi kunda barcha tomonidan tan olingan”, deb ta'kidlab o‘tgan Italiya vakili. 

31 yanvarda Yevropa parlamenti Guaydo vaqtinchalik prezident deb tan olingan rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda ta'kidlanishicha, Yevroparlament Venesuela parlamentini mamlakatdagi yagona qonuniy demokratik organ sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. 

Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroga mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan. U tvitterda Maduro va uning yon atrofidagilar Guaydo tomonidan va'da qilingan amnistiyadan foydalanishlari va qolgan hayotlarini “Venesueladan uzoqroqda, biror sohilbo‘yida” o‘tkazishlari mumkinligini aytgan.  

Top