17:30 / 01.02.2019
8358

MIB 2 kunda 865 qarzdor haydovchidan jarima undirdi

MIBning Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi bo‘yicha qo‘shma reyd-tadbiri o‘tkazilmoqda. 

Poytaxtning 20 ta markaziy ko‘chasida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o‘rnatilgan avtomatik moslama yordamida 2 kunda 865 ta qarzdorlar aniqlanib, 256 million 999 ming so‘m miqdoridagi qarzdorliklar undirildi. 32 ta avtotransport vositalari esa  jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi  tomonidan qidiruvda bo‘lgan 3 ta avtotransport vositasi ham aniqlandi. 

2019 yil 30-31 yanvar kunlari jami undirilgan jarimalar  1 mlrd. 120 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu bilan 3.821 ta  qarzdorliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganini ko‘rsatadi. Shundan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvidagi 1.536 ta  ijro hujjatlari bo‘yicha 506 million 622 ming so‘mdan ortiq jarimalar  undirildi. Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 2 kunda 671 nafar qarzdor o‘z xohishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzdorliklarini to‘lagan. Buning natijasida esa 249 million 622 ming so‘mdan ortiq qarzdorliklar undirilgan. 865 ta ijro hujjatlari esa qo‘shma reyd paytida ijrosi ta'minlandi. 

Yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatidan kelib chiqqan huquqbuzarliklar uchun o‘z vaqtida e'tiborsizlik oqibatida to‘lanmagan jarimalar  endi shu tartibda majburiy undiriladi, aks holda avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilishiga olib keladi.

Mazkur qo‘shma reyd-tadbir Toshkent shahrining barcha tumanlar ko‘chalarida 10 kun davom etadi. 

Mavzuga oid
Top