8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

21:50 / 01.02.2019 15203

Osiyo Kubogi shaxsiy sovrinlarini qatarlik futbolchilar qo‘lga kiritishdi

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi yakuniga yetdi. Finalda Qatar terma jamoasi Yaponiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marotaba Osiyo chempioni bo‘ldi.

Musobaqa g‘olibi sifatida qatarliklar 5 million dollarga ega bo‘lishdi. Finalchi Yaponiya – 3 million, yarimfinalchilar BAA va Eron 1 million, qolgan terma jamoalar 200 ming dollar mukofot olishdi.

Yaponiya eng intizomli terma jamoa sifatida Feyr-pley sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shaxsiy sovrinlarning barchasi qatarlik futbolchilarga nasib qildi.

Musobaqaning eng yaxshi to‘purari – Ali Almu'iz (Qatar, 9ta gol). 

Eng yaxshi futbolchi – Ali Almu'iz (Qatar).     

Eng yaxshi darvozabon – Sa'd Ash-Shib (Qatar).

Top