8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

13:09 / 01.02.2019 12443

O‘zbekistonda yil boshidan beri deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshdi

Foto: Depositphotos

 2019 yilning yanvar oyida mamlakat iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,5%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

 Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8%ga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,8%, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5%ga oshdi. Xizmatlar narxi esa 0,5%ga o‘sdi. 

Oy davomidagi narxlar o‘zgarishining tuzilmasi tahliliga ko‘ra, 2019 yilning yanvar oyida har bir yirik guruhning salmoq vaznlarini hisobga olgan holda, ta'sir darajasi bo‘yicha ustunlik oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga tegishlidir 

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarining o‘sishi borasidagi yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, bu esa narxlarning oy davomida o‘rtacha 8,3 %ga qimmatlashganligini ko‘rsatadi

Quyida alohida guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol narxlari indeksi taqdim etilgan:

2019 yil yanvar oyida ham asosiy turdagi non mahsulotlari narxlari qimmatlashishda davom etdi: un, non va non mahsulotlari, guruch, yorma va dukkakli mahsulotlar narxlari oy davomida 0,2% dan 3,7% oralig‘ida qimmatlashdi.

Ma'lumot uchun: guruch narxlari yanvar oyida sezilarli darajada Farg‘ona viloyati (4,7%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,5%), minimal darajada esa Namangan viloyatida (1,1%) oshgan.

Oy davomida bug‘doy uni narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6,9%) va Surxondaryo viloyatida (5,5%) sezilarli darajada qimmatlashganligi kuzatilgan bo‘lsa, minimal sur'atda oshganligi esa Xorazm viloyatida qayd etilgan (0,6%). Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi narxlar oy davomida o‘zgarishsiz qolgan.

Oliy navli bug‘doy unidan non narxlari uch hududda oshgan: bular, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (13,3%), Surxondaryo viloyati (9,6%) va Toshkent shahrida (13,1%). 

1-navli bug‘doy unidan non narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1,2%), Surxondaryo (6,6%) va Farg‘ona (5,0%) viloyatlarida qimmatlashgan.

Quyida asosiy turdagi non maxsulotlarining iste'mol narxlari indeksi taqdim etilgan:

2019 yilning yanvar oyida go‘sht va parranda go‘shti 0,9%, baliq va baliq konservalari narxlari 2,0%ga ko‘tarilgan.

Ma'lumot uchun: mol go‘shti (suyaksizdan tashqari) narxlari Toshkent (2,8%) va Surxondaryo viloyatida (1,5%), qo‘y va suyaksiz mol go‘shti Toshkent viloyatida (2,5% va 3,7%), tovuq boldiri va son qismi narxi Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida (3,4%), boshqa parranda go‘shti mahsulotlari Samarqand (3,8%) va Toshkent viloyatlarida (3,7%) sezilarli darajada qimmatlashgan.

Ma'lumot uchun: sut narxlari boshqa hududlarga nisbatan yuqori darajada oshganligi Toshkent (10,6%), Jizzax va Namangan viloyatlarida (7,9%) kuzatilgan.

2019 yilning yanvar oyida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o‘rtacha 8,3%ga o‘sdi. Tsitrus mevalari narxlarini 1,0%ga arzonlashganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha turdagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarida o‘sish kuzatilgan.

2019 yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar guruhi tarkibiga kiruvchi mahsulotlardan uzum (1,3 baravar), tarvuz (22,0%) va pomidor (16,3%) narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi qayd etilgan. Shuningdek, oshqovoq (8,6%), bodring (8,0%), sarimsoq (5,1%), tuzlangan bodring va pomidor (3,4%), lavlagi (1,7%), yong‘oq (1,2%), quritilgan mevalar (1,1%) narxlari ham qimmatlashgan. 

Yillik ma'lumotlar tahliliga ko‘ra (2019 yil yanvar 2018 yilning yanvariga nisbatan), meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o‘rtacha 5,0%ga qimmatlashdi. Ushbu guruh mahsulotlari narxlari orasidagi o‘zgarish doirasi nisbatan keng bo‘ldi. Karam narxlari maksimal darajada qimmatlashib (2,5 baravar), sarimsoq narxlari esa aksincha minimal darajada (43,5%) arzonlashdi.

Boshqa kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari guruhlari bo‘yicha yog‘-moy mahsulotlari 2019 yilning birinchi oyi davomida 1,6%ga, jumladan sariyog‘ 3,0%, margarin 2,7%, paxta yog‘i 1,2%, kungaboqar yog‘i 1,1%ga qimmatlashdi.

Shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 1,2% ga qimmatlashdi.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar to‘g‘risida ma'lumot berilgandi.

Top