10:50 / 01.02.2019
38548

O‘zbekistondagi yirik banklarning birida rahbar o‘zgardi

Hukumat qaroriga muvofiq Nodirbek Narzullayevich Saydullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.

Saydullayev ilgari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Endilikda u bu lavozimda 2017 yilning aprelidan buyon ishlab kelgan Qahramon Qodirovich Mullajonov o‘rnida ish boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, «Asaka» bank O‘zbekistonda 100 foiz davlatga qarashli 5ta tijorat banklardan biri hisoblanadi. 

Ma'lumot uchun, Nodirbek Saydullayev 1982 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U 2003 yilda Toshkent Moliya instituti bakalavr, 2005 yilda shu institutda magistr darajasini olgan. U 14 yildan buyon bank ishida faoliyat ko‘rsatib keladi. 

Top