8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:01 / 01.02.2019 8914

Past Darg‘omda soliq idorasi xodimi firib yo‘li bilan fermerdan pul undirmoqchi bo‘ldi

Illyustrativ foto

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari D.A. soliq bo‘yicha to‘lovlardan qarzdorligini aniqlash uchun tuman davlat soliq inspeksiyasiga borganida inspeksiyaning kameral nazorat bo‘limi katta inspektori E.B. unga qarashli bo‘lgan fermer xo‘jaligining soliq to‘lovlari va penyadan umumiy qarzdorligi 2 million 732,12 ming so‘m ekanligini aytadi.

Shundan so‘ng E.B. o‘z vakolatiga kirmaydigan vazifa — D.A. boshqaruvidagi fermer xo‘jaligining 2 million 732,12 ming so‘m soliq qarzdorligini 1 million 500 ming so‘m evaziga yo‘q qilib berishga ishontiradi.

D.A. ushbu holat yuzasidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida E.B. daliliy ashyo bilan qo‘lga olinadi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz’ning Samarqanddagi muxbiri.

Top