09:30 / 01.02.2019
3493

Shinji Kagava «Borussiya D»ni tark etdi

Foto: AFP

Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Shinji Kagava faoliyatini «Beshiktosh»da davom ettiradigan bo‘ldi.

Rasmiy e'longa ko‘ra, 29 yoshli yapon futbolchisi mavsum oxiriga qadar ijara asosida Istanbul klubi sharafini himoya qiladi.

Kagavaning «Monako»ga o‘tishi ham taxmin qilib kelinayotgan edi. «Borussiya» ushbu xavbek bilan xayrlashishga qarshilik bildirmayotgan, chunki u bosh murabbiy Lyusen Favrning rejalaridan o‘rin olmayotgandi. Kagavaning o‘zi ham ketish istagini bildirgan.

Shinji bu mavsum Bundesliganing 2 o‘yinida maydonga tushib, umumiy hisobda 98 daqiqa maydonda bo‘ldi. Avvalroq klubi uni 2-3 mln yevroga qo‘yib yuborishga rozi ekani haqida xabarlar bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kagava «MYu»dan 2014 yil yozida «Borussiya»ga qaytgan edi. U bunga qadar ham 2010-2012 yillarda dortmundliklar libosida to‘p surgan.

Mavzuga oid
Top