8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:14 / 01.02.2019 8212

Tramp Xitoy rahbariga oid o‘z rejasini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, yaqin vaqt ichida XXR rahbari Si Tszinpin bilan «bitta yoki ikkita» uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning ta'kidlashicha, ushbu uchrashuvlarning birida tomonlar yangi savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin. Shuningdek, Trampning ishonch bildirishicha, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo muzokaralari 1 martgacha tugatiladi.

Prezidentning qayd etishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon bunchalik «rivojlanmagan».

Xitoy delegatsiyasi fikricha, Qo‘shma Shtatlar bilan savdo muzokaralarining so‘nggi raundida «muhim o‘zgarishga» erishilgan. Bu haqda Xitoyning «Sinxua» davlat agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, delegatsiyadan ta'kidlashlaricha, Amerika tomoni bilan muzokaralar «ochiq, aniq va samarali» bo‘lgan.

Muzokaralar tafsilotlari ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShning Rossiya va XXR tahdid ekani haqidagi bayonotiga javob bergandi.

Top