10:41 / 01.02.2019
9319

Venesuela BAAga 15 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda – OAV  

Foto: Getty Images

Venesuela markaziy banki yaqin orada BAAga 15 tonna oltin sotishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Karakasdagi yuqori lavozimli shaxsga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, BAA oltin uchun yevroda naqd pul to‘laydi. Bitim qiymati hozircha noma'lum. Karakas umumiy hisobda xorijga 29 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda. 

Hozirda Venesuelada siyosiy inqiroz davom etmoqda. Parlament spikeri, muxolifatchi Xuan Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan. Uni AQSh va mintaqa hamda dunyoning boshqa bir qator davlatlari qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top