8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

08:04 / 01.02.2019 4107

Xitoy savdo masalasida AQShga yon bosdi

Foto: globallookpress.com

Xitoy AQSh bilan savdo bahslari bo‘yicha muzokaralarning oxirgi raundida o‘zaro savdodagi disbalansni qisqartirishga va AQShning qishloq xo‘jaligi importi hamda energiya zaxiralari importini oshirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Xitoy delegatsiyasi bayonotiga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.   

Pekinda ta'kidlanishicha, muzokaralarning oxirgi raundida muhim rivojlanishga erishildi. “Tomonlar adolatli, mazmunli va sermahsul muzokaralar o‘tkazishdi”, deyilgan bayonotda.

31 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe bilan Vashingtondagi muzokaralardan keyin 1 martgacha savdo bitimi tuzilmasa, AQSh Xitoyga nisbatan yangi bojlar kiritishini aytgan.

Top