8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

16:10 / 02.02.2019 24769

2018 yilda banklar tomonidan aholiga qancha dollar sotilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: AP/ Emrah Gurel

Markaziy bank 2018 yilda ichki valuta bozori to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 2018 yilda ichki valuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan xorijiy valutani sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi, shuningdek valuta bozorida ishtirokchilar soni oshganligi kuzatilgan. Shu bilan birga, hisobot yili davomida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning yashirin valuta bozoridan rasmiy valuta bozoriga o‘tishini o‘zida aks etgan.

Xorijiy valutaga bo‘lgan talab
 
2018 yilda yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jami valuta hajmi 10,4 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lib, avvalgi yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobar oshdi.

Shu bilan birga, 2018 yil mobaynida ichki valuta bozorida xorijiy valutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.

Xorijiy valutaning taklifi 

2018 yil mobaynida xorijiy valuta taklifining asosiy manbalari bo‘lib xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning eksportidan tushgan mablag‘lar hamda xorijiy davlatlardan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hisoblanadi.

Eksportdan kelib tushgan valuta mablag‘larining banklarga sotilgan hajmi 2 baravar ko‘payib, 4,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (2017 yilda 2,1 mlrd. dollar). Natijada, eksportdan kelib tushgan mablag‘larning banklarga sotilgan hajmi 31% dan 61% ga ko‘paydi.

2018 yilda aholi tomonidan tijorat banklariga 2,7 mlrd. dollar sotilgan bo‘lib, o‘z navbatida ushbu mablag‘lardan 969 mln. dollar banklar tomonidan aholiga sotilgan bo‘lib, qolgan 1,7 mlrd dollari yuridik shaxslarning ehtiyojini qondirish uchun sarflandi.

2018 yil yakuniga kelib sof oltin-valuta zaxiralarining hajmi 26,4 mlrd. dollarni tashkil etdi. 

Kurs siyosati

2018 yilda Markaziy bankning kurs siyosati ichki valuta bozoridagi talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida shakllanib, valuta bozorida taklif oshib talab pasaygan davrda almashuv kursining mustahkamlanishi va, aksincha, talab oshib taklif pasaygan hollarda uning pasayishi kuzatildi.

2018 yil mobaynida milliy valuta kursi xorijiy valutaga bo‘lgan talab va taklif shakllanishiga ta'sir etuvchi mavsumiy omillar asosida o‘zgarib keldi.

Natijada, 2018 yil oxiriga kelib milliy valutaning almashuv kursi yil boshiga nisbatan 2,7 foizga (8 120 so‘mdan 8 339 so‘mgacha) pasayib, yil mobaynida kursning minimal va maksimal miqdori o‘rtasida o‘zgarishi 7,3 foizni (avgust oyida – 7 781 so‘m, dekabr oyida  - 8 348 so‘m) tashkil etgan.

Top