20:03 / 02.02.2019
20013

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:04da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

“Koordinatalar 37,29 gradus shimoliy kenglik, 70,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik h=100 km. Toshkentgacha masofa 453 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha”, deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, zilzila kuchi O‘zbekiston hududida 2 ballga teng bo‘lgan.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmaganligi aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top