8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

21:29 / 02.02.2019 14504

AQSh taqiqlangan raketalarni ishlab chiqarishga urinayotgani ma'lum qilindi

Foto: Reuters

AQSh O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan ikki yil avval chiqishga qaror qilgan va o‘shandan buyon ushbu hujjatda taqiqlangan raketalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil iyunda Arizona shtatining Tuson shahridagi Raytheon harbiy-sanoat kompaniyasi zavodida ishlab chiqarish quvvatini oshirish va modernizatsiya qilish dasturi boshlangan. Korxona maydoni 55 mingdan 79 ming kvadrat metrga kengaytirilgan, xodimlar soni qariyb 2 ming kishiga oshgan.

Mudofaa vazirligining qayd etishicha, 2017 yil noyabrda AQSh kongressi Pentagonga 58 million dollarga yaqin pul ajratgan va bu mablag‘ «o‘rta masofaga mo‘ljallangan yerusti raketasini ishlab chiqarish» uchunligini bildirgan.

2 fevral kuni Rossiya va AQSh O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadagi ishtiroklarini to‘xtatishini ma'lum qildi. 

Top