8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

13:55 / 02.02.2019 8628

Eron uzoq masofaga mo‘ljallangan raketani namoyish qildi

Foto: Tehran Times

Eron Islom Respublikasi 1979 yilgi inqilobning 40 yilligi munosabati bilan mamlakatda erishilgan yutuqlarni ko‘rsatdi. Ular orasida 1300 km masofadagi mo‘ljalni nishonga oladigan raketa ham bor.

«Raketa juda qisqa vaqt ichida shaylikka ega va past balandlikda 1300 kilometrdan ham uzoqroqqa ucha oladi», deydi Eron Mudofaa vaziri Amir Hotamiy. Hotamiy «Huvayzo» deb nomlangan yangi zenit raketa 2015 yilda chiqarilgan «Sumar» qanotli raketalari oilasiga mansubligini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, hafta avvalida Suriyada Bashar Asadning Rossiya va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ittifoqdoshlari o‘rtasida to‘qnashuv chiqqani haqida xabar berilgandi. Eron kuchlari Suriyada hukumat qo‘shinlariga jangarilarga qarshi kurashishda ko‘mak ko‘rsatib keladi. Isroil va AQSh esa Eronning Suriyadan ketishini talab qilmoqda.

Teglar

Top