09:57 / 02.02.2019
32073

«Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari» rahbari va bosh muhandisi ushlandi

Illyustrativ foto/RIA Novosti

Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda «Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari» AJ rahbari U.K. va bosh muhandisi I.O.lar «A» xususiy korxonasiga tegishli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5500 AQSh dollari talab qilib, shundan 4000 AQSh dollarini xususiy korxona bosh muhandisi M.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.K. va I.O.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi «v, g» bandlari bilan (ta'magirlik yo‘li bilan; bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Top