21:07 / 02.02.2019
58010

Foto: Xitoydagi velosipedlar qabristoni

2015 yilda Xitoyda shaharni tirbandliklardan xalos etish maqsadida velosipedlarni ijaraga berish ommalashdi. 2016 yilga kelib bu yo‘nalishda oltmishdan ortiq startap ish boshladi, millionlab velosipedlarga to‘lib ketgan ko‘chalar esa buncha miqdordagi velosipedlarni qabul qilishga tayyor emasdi.

Velosipedlar duch kelgan joyga qo‘yib ketilar, tirbandlik natijasida yo‘llar va yo‘laklar to‘silib qolardi. Musodara qilingan, tashlab ketilgan va singan velosipedlardan tashkil topgan ulkan uyumlar Xitoyning ko‘plab shaharlarida oddiy manzaraga aylandi. 2018 yil oxiriga kelib aksariyat startaplar inqirozga uchradi, keraksiz velosipedlardan esa qabristonlar paydo bo‘ldi.

Shanxayda velosipedlar shunday saqlanadi
Pekinning Chaoyan tumanidagi turargohda Bluegogo’ga qarashli o‘n minglab velosipedlar saqlanadi
Shanxaydagi turargohda saqlanayotgan musodara qilingan velosipedlar
Xefeydagi sport maydonchasida noqonuniy joyga qo‘yilgan minglab velosipedlar vaqtincha saqlanadi
Bu gulzor emas, balki Shanxay yaqinidagi o‘ng minglab foydalanilmay turgan velosipedlar
Xanchjouda turli firmalarning ijaraga beriladigan velosipedlari
Pekindagi ustaxona yonidagi velosipedlar uyumi
Velosipedlar ko‘cha va yo‘llarni to‘sib qo‘ygach, politsiya ularni musodara qildi va Xanchjoudagi tashlandiq dalaga keltirib tashladi
Shanxaydagi turargohda saqlanayotgan tashlandiq velosipedlar
Tashlandiq velosipedlar o‘t-o‘lanlar bilan qoplandi
Pekin ko‘chasidagi Ofo kompaniyasi velosipedlari
Mobike va Ofo kompaniyalari velosipedlari yuk mashinasiga yuklanmoqda
Ijaraga olingan velosipedlar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Orfo va Mobike kompaniyalarining musodara qilingan velosipedlari
Shanxaydagi velosipedlar «qabristoni» 
Ofo xodimi buzilgan velosipedlarni joylamoqda. Bu yerda minglab velosipedlar saqlanadi
Shenchjendagi Syashan parkiga tashlab ketilgan foydalanilmayotgan velosipedlar.

 

Top