20:45 / 02.02.2019
18354

«Imtihonga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda shu dardga yo‘liqdi». Oqqon bilan xastalangan Dinnur ko‘makka muhtoj

Ota-ona mehri, ularning g‘amxo‘rligi ostida unib, kamolga yetamiz. Ular bizning g‘am-tashvishlarimizga, xursandchilik va shodiyonalarimizda doimo birga bo‘lishadi. Yutuqqa erishsak quvonishadi, dard cheksak esa bemisl azob chekishadi.

Navbatdagi xayriyani boshlashdan oldin uzoq ikkilandik, chunki yig‘iladigan mablag‘ kichik emas edi. Biroq xalqimizda:"Ko‘maklashgan ish bitar" degan maqol bor. Shu sabab bu xayriyani omma e'tiboriga havola etishga jazm etdik va poytaxtimizdagi gematologiya markazi tomon yo‘l oldik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ota-onasi bizni xayriya sababchisi, og‘ir dard bilan xastalangan Dinnur tomon boshlab bordi.

 «O‘tgan yili noyabrda o‘g‘limning mazasi bo‘lmay qoldi. Tekshirishlar o‘tkazilgandan so‘ng, o‘tkir limfoblast leykoz (oqqonning turi) tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng shifoxonaga yotqizdik. Hozirda 3-kursga keldik. Shifokorlar ilik ko‘chirish haqida avval boshidan aytishdi. Hozirgi kunga qadar shu yerda davolanmoqda. Ilik ko‘chirish uchun esa xorijga chiqishimiz lozim. Operatsiya ham qimmat turar ekan. Bizda esa unday mablag‘ yo‘q. Ayolim oddiy o‘qituvchi, men qo‘riqchilikda ishlayapman. O‘g‘lim hozir 18 da. Bu yili o‘qishga topshirmoqchi edi. Repetitorlarga borar edi. Birinchi eshitgan vaqtimizda ochig‘i qattiq tushkunlikka tushib qoldik. Boshida zahar hujayralar 93 foiz bo‘lgan ekan. Bu juda xavfli edi. Hozir davolanib remissiya bosqichiga chiqqan. Endi zudlik bilan ilik ko‘chirishni amalga oshirishimiz kerak. Turkiyada davolash mumkin ekan. Umidimizni uzganimiz yo‘q. Har kuni qo‘limiz duoda», – deydi bemorning otasi Rafael Sultanov.

Kasallik tarixi va qo‘yilgan tashxisni yanada aniqlashtirish maqsadida bemorning shifokori bilan suhbatlashdik.

«Sultanov Dinnur birinchi marta 2018 yili 14 noyabr kuni kelgan. Judayam og‘ir ahvolda kelgan edi. Shikoyatlari oyoq og‘riqlar, toshmalar, holsizlik bilan bo‘lgan. Bizda tahlil qilinganda, qonida 93 foiz oqqon xujaylari aniqlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra, o‘tkir limfoblast leykozi tashxisi qo‘yilgan. Birinchi kurs og‘ir o‘tadi, odatda. Bolamiz bundan o‘tgan. Hozirda remissiya bosqichida. Ilik transplantatsiya usuli tavsiya qilinadi», – deya ma'lumot berdi gematolog Anisa Begulova.

Anisa Begulova

Ilik ko‘chirish uchun 100 ming AQSh dollari miqdorida xarajat ketar ekan. 30 ming AQSh dollari yig‘ilgan, qolgani esa Xudodan deyishmoqda. Inson shunday kunlarda sinaladi. O‘qish uchun kirish imtihonlarini topshirmoqchi bo‘lgan Dinnurning oldida bundan-da og‘irroq imtihon borligini axir u qayerdan ham bilsin? Ammo yaratganning sinovi ekan, unga sabr qilinsa, albatta mukofoti beriladi.

Xayrli ishlarni ko‘ngliga tuggan yurtdoshlar, keling, shu oilaga yo moddiy, yoki ma'nan yordam beraylik. Hozir ushbu oilaga ko‘magimiz juda ham zarur. Ushbu vatanning yana bir o‘g‘loni Dinnurni saqlab qolish uchun savobli amalga shoshilaylik.

Sultanova Elvira (onasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 9560 8778 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Xorijiy valutalar uchun hisob raqam: 20206000299309534001

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Otasi Sultanov Rafaelning telefon raqami: (90) 935-57-23

Bahodir Ahmedov


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top