8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

09:44 / 02.02.2019 6215

Kuchli beshlikning uchta chempionatida navbatdagi tur yirik hisoblar bilan boshlandi

Foto: Getty Images

Juma oqshomida Ispaniya, Germaniya va Fransiya chempionatlarining navbatdagi tur bahslariga start berildi. Shu kuni bo‘lib o‘tgan har uchala o‘yin ham yirik hisobda yakun topdi.

La Ligada «Ueska» «Valyadolid»ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Fransiya birinchi divizionida ham xuddi shunday – mezbonlarning mehmonlar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishi «Lill»–«Nitssa» uchrashuvida kuzatildi. Bundesligada esa «Leypsig» «Hannover» safaridan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.

Ispaniya chempionati, 22-tur
Ueska – Valyadolid 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 19 Galego, 2:0 – 50 Pulido, 3:0 – 53 Gomes, 4:0 – 77 Avila.

Germaniya chempionati, 20-tur
Hannover – RB Leypsig 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Xalstenberg, 0:2 – 64 Orban, 0:3 – 85 Orban.

Fransiya chempionati, 23-tur
Lill – Nitssa 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Rafael Leau, 2:0 – 37 Pepe, 3:0 – 75 Bamba, 4:0 – 90 Remi.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro, Kone (Pe, 84), Tiago Mendes, Sheka, Pepe, Ikone (Luis Araujo, 78), Bamba, Rafael Leau (Remi, 73).
Chetlatish: Le-Melu (89, Nitssa).

Top