8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:55 / 02.02.2019 23619

Noqonuniy yuk olib o‘tish bilan shug‘ullangan bojxonachilar jazoga tortildi

Foto: Norma.uz

Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi «Andarxon» chegara bojxona postining bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi guruhi katta inspektorlari lavozimida ishlagan K.M. va Yu.D.ning jinoiy qilmishlar fosh bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, K.M. va Yu.D. boshqa shaxslar bilan til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalanib, juda ko‘p miqdordagi sigaret mahsulotlarini chegaradan noqonuniy o‘tkazishga yo‘l qo‘ygan. 

O‘zbekiston Respublikasi DXXga qarashli harbiy qism xodimlari tomonidan transport vositasi to‘xtatilib, tekshirilganda unda sigaretalar borligi aniqlangan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi Farrux Abduraimov ashyoviy dalil sifatida saqlanib turgan 1 mlrd. 143 mln. so‘m qiymatidagi sigaretlarni yo‘q qilishni lozim topdi. 

Sud hukmiga ko‘ra, K.M. va Yu.D. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismining «a», «g» bandlari bilan aybli, deb  topildi. Ular 3 yilga bojxona idoralarida ishlash huquqidan ham mahrum etildi. Shuningdek, K.M. va Yu.D.ning har biri 69 million so‘mdan ziyod jarima to‘lashi belgilab qo‘yilgan. ​

Top