19:46 / 02.02.2019
24517

OAV: Turkiya Venesuela oltini borasida AQShdan ogohlantirish oldi

Foto: Reuters

Turkiya hukumati Venesuela bilan oltin savdosini davom ettirayotgani bois Vashingtondan ogohlantirish oldi, deb xabar berdi Bi-bi-si o‘z manbalariga tayanib.

Nashrning qayd etishicha, Venesueladan eksport qilinayotgan oltinlar oxir-oqibat sanksiyalarni buzgan holda Eronda paydo bo‘lishi mumkinligi borasida AQShning gumoni oshib bormoqda.

«Venesuela va Turkiya o‘rtasida oltin savdosi muntazam o‘sib bormoqda. Mamlakat o‘tgan yili Turkiyaga go‘yoki qayta ishlash va Venesuelaga qaytarish uchun qariyb 900 mln dollarlik oltin eksport qilgan, ammo reeksport haqida hech qanday ma'lumot yo‘q», — deb yozadi Bi-bi-si.

Rossiya va Turkiyaning xususiy samolyotlari so‘nggi kunlarda aftidan Karakasga parvoz qildi, deb qayd etadi Bi-bi-si. Nashrning aniqlik kiritishicha, Karakasga oxirgi kunlarda uchib borgan samolyotlardan biri prezident Erdo‘g‘an bilan yaqin aloqada bo‘lgan Turkiyaning Ciner group tog‘-kon kompaniyasiga qarashli bo‘lgan.

Venesuela muxolifati deputati Xose Guerraning ta'kidlashicha, Nordwind kompaniyasiga qarashli Rossiya samolyoti kamida 20 tonna oltinni tashish uchun Karakasga qo‘ngan.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top