8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:08 / 02.02.2019 32293

O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos birinchi muz arenasi ochildi

Bugun, 2 fevral kuni Toshkentda yangi «Ice City» majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, loyiha ta'sischilari va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

16 000 kv.m maydonda qad rostlagan ushbu «shaharcha»da qor o‘ynash, snoubordda uchish va xokkey o‘ynash mumkin. Muz saroyida muxlislar uchun alohida tribuna ham tashkil etilgan. Hududda +18 daraja iliqlik ushlab turiladi.

«Ushbu muz arenasi ayni paytda mamlakatimizda barcha xalqaro standartlarga javob beradigan (darvoza, o‘lchamlar, yoritish tizimi va kiyim almashtirish xonasi) birinchi va yagona majmua hisoblanadi», – deydi O‘zbekiston hokkey federatsiyasining O‘zbekiston chempionatini tashkil etish departamenti direktori Vladimir Ivanovich Storonkin.

Tadbirda ramziy tugmani bosish orqali xokkey bo‘yicha 2019 yilgi O‘zbekiston chempionatiga qancha vaqt qolganini ko‘rsatuvchi teskari hisob boshlandi. Unda MOQ vitse-prezidenti Ahmadjon Rahimov, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi bosh kotibi Shukrullo Karimov va sport federatsiyalari vakillari qatnashishdi.

Shundan so‘ng muzda yosh xokkeychilar ishtirokida ko‘rgazmali chiqish namoyish etildi. Keyin esa «Binokor» va «Toshkent», shuningdek, «Humo» va «Semurg‘» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, 8 fevral kuni hokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ayni shu 4ta klub ishtirokida start oladi.

«Barcha o‘yinlar «Ice City» majmuasida tashkil qilinadi. Agar ushbu arena bo‘lmaganida biz chempionat boshlanishini va «Humo» muz arenasi bitishini yana kutib qolardik», – dedi Vladimir Storonkin.

Tashkilotchining aytishicha, hokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 17 va undan katta yoshdagi xokkeychilar o‘rtasida o‘tkaziladi va 24ta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Bahslar 17 mart kuni nihoyasiga yetadi. 20 martdan boshlab esa pley-off uchrashuvlari boshlanadi. Unda jamoalar uchta g‘alabagacha kurash olib boradilar.

Toshkentdagi «Humo Arena» muz saroyi belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmaydi 

Teglar

Top