14:47 / 02.02.2019
18437
TIVda markaziy apparat majlisi: Elyor G‘aniyev Alisher Abdualiyevning vazifalari doirasini belgilab berdi
Elyor G‘aniyev/Foto: KUN.UZ

2019 yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida TIV markaziy apparatining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ishtirok etgan. 

O‘z chiqishida Elyor G‘aniyev mamlakat rahbari topshirig‘iga binoan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksport qilish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, mamlakatga chet ellik turistlar oqimini oshirish, shuningdek diplomatik vakolatxonalarga biriktirilgan hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratish borasida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualiyev va u nazorat qiluvchi iqtisodiy blok bo‘limlari, umuman, vazirlik va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oldida turgan dolzarb maqsadli vazifalar doirasini belgilab bergan.

Alisher Abdualiyev
Foto: Jurnal "Diplomat"

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.

Top