8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:11 / 02.02.2019 9938

Tramp: odamlar butun mamlakat bo‘ylab Pelosi tufayli o‘lyapti

Foto: Getty Images

Amerika prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelosi mamlakatga nisbatan yomon ish tutmoqda. Bu haqda siyosatchi CBS’ga intervyusida aytib o‘tdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Pelosi chegarada to‘siq va xavfsizlik zarur narsa ekanligini biladi, lekin u siyosiy ustunlikka erishishga harakat qilmoqda.

«Men buni yomon siyosat, deb hisoblayman, sababi aslida u chegaralarni ochishni istaydi. U odam savdosiga xotirjam munosabatda bo‘lmoqda, aks holda u buni istamasdi», - dedi Tramp.

Uning ta'kidlashicha, Pelosi singari odamlarning devor bo‘yicha pozitsiyasi «butun mamlakat bo‘ylab» o‘lim holatlariga olib kelyapti. Trampning qayd etishicha, u qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarib qo‘ymoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh prezidenti daromadlarini baholagandi.

Top