8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:56 / 02.02.2019 9172

Ukraina prezidentligiga nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 70dan ortiq kishi hujjat topshirdi

Ukraina prezidentligiga nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun markaziy saylov komissiyasiga 70dan ortiq kishi hujjat topshirdi. Bu haqda komissiya matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.

"Ukraina prezidentligiga nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun markaziy saylov komissiyasiga 70dan ortiq kishi hujjat topshirdi, ulardan 22 nafariga rad javobi berildi, 28 nafariga nomzodlik guvohnomasi berildi", - deyiladi komissiya tomonidan. Ma'lum qilinishicha, bugun ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘ndan ortiq kishi hujjat topshirgan.

Hujjat qabul qilish 3 fevral kuni nihoyasiga yetadi.

Ukraina prezidentligi uchun saylov 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 2014 yilgi saylovda 23 nafar, 2010 yilda esa 18 nafar kishi mamlakat prezidenti bo‘lish uchun nomzodini ko‘rsatgan.

Top