09:15 / 03.02.2019
7251

Hindistonda poyezdning relslardan chiqib ketishi qurbonlarga olib keldi – OAV

Foto: Hindustantimes

Hindistonning Bixor shtatida yo‘lovchi poyezdining relslardan chiqib ketishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohat olgan. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, voqea 3 fevral soat 03.58da yuz bergan. Poyezdning 9 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Voqea vaqtida poyezd katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchi poyezdlari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Foto: Hindustantimes
Top