21:47 / 04.02.2019
9301

Eron o‘z kriptovalutasini joriy qildi

Eron o‘z kriptovalutasini joriy qildi. PayMon deb nomlangan yangi to‘lov birligi oltin bilan ta'minlangan va Tehron hamda uning savdo-iqtisodiy hamkorlarining AQSh sanksiyalarini cheklab o‘tishlarida yordam berishga qaratilgan.

Eron hukumatiga kriptovalutani yaratishda mamlakatning 4 ta banki: Parsian Bank, Bank Pasargad, Bank Melli Iran va Bank Mellat yordam bergan. Yaqin orada PayMon mahalliy platforma Fara Bourse’ga qo‘shilishi mumkin.

Yangi valuta AQSh sanksiyalari tufayli xalqaro banklararo ma'lumotlar uzatish tizimi SWIFT’dan uzib qo‘yilgan Eronga yordam berishi ko‘zda tutilgan. 

PayMon’ning dastlabki emissiyasi 1 mlrd shartli tangani tashkil qiladi. Biroq kriptovaluta qanday blokcheynga qurilgani va Eron hukumati uni qanday qo‘llashi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Mavzuga oid
Top