10:13 / 04.02.2019
16071

«Uhud» Nesterovning debyutida g‘alaba qozonib, 9 o‘yindan iborat mag‘lubiyatlar seriyasini to‘xtatdi

Foto: Ohod Club

Saudiya Arabistoni chempionatida 18-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu turda O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov «Uhud» klubi safida debyut qildi.

Turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turgan Madina shahri jamoasi o‘z maydonida o‘rta pog‘onalardagi «Al-Ittifoq»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Nesterov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Ushbu g‘alaba «Uhud»ning chempionat bu mavsumidagi ikkinchi uch ochkosi bo‘ldi. Bunga qadar jamoa faqat noyabr oyi boshida g‘alaba qozongan, oxirgi 9ta o‘yinda faqat mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top