09:33 / 05.02.2019
9445

AQSh Yaponiyaga eng zamonaviy desant kema yubormoqchi

Foto: REUTERS

AQSh harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi Kyusyu orolidagi o‘z bazasida America eng zamonaviy, zarba beruvchi desant kemasini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Japan News manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, America kemasi F-35B jangovar samolyotlari, jangovar vertolyotlar va dengiz piyoda kontingentini olib yurishga qodirdir.

Ta'kidlanishicha, kema Wasp universal desant kemani almashtiradi.

Shu bilan birga, America’ni Yaponiyada joylashtirish AQShga Xitoyga harbiy bosimni kuchaytirish imkonini beradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh raketalari uchun ideal joyni ma'lum qilgandi.

Top