08:13 / 05.02.2019
5876

Gavayida 100 yoshdan kichiklarga sigaret sotishni taqiqlash taklif etildi

Foto: Sergey Vedyashkin/AGN "Moskva"

Gavayi shtati parlamentiga shtat hududida 100 yoshdan kichiklarga sigaret sotishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Bundan parlament saytida joylashtirilgan hujjat darak bermoqda.

Qonun loyihasida sigaret sotib olish mumkin bo‘lgan eng kichik yoshni sekin-asta ko‘tarib borish taklif qilingan. Jumladan, 2020 yilda bu yosh 30 yoshgacha, 2021 yilda 40 yoshgacha, 2022 yilda 50 yoshgacha, 2023 yilda 60 yoshgacha va nihoyat, 2024 yilda 100 yoshgacha ko‘tarilishi mumkin. 

Qonun loyihasini tuzishga tamaki chekishning sog‘liqqa zarar yetkazishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Hozirda Gavayida tamaki mahsulotlarini 21 yoshdan kattalar sotib olishlari mumkin.

Top