10:02 / 05.02.2019
12104

O‘zbekiston ilk yevrobondlarni qachon chiqarishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasining ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va muvaffaqiyatli joylashtirishni ta'minlash maqsadida, 2019 yilning 7-14 fevral kunlari AQShning Nyu-York hamda Boston, Buyuk Britaniyaning London shaharlarida «roud-shou» (investorlar bilan uchrashuvlar) bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlardan so‘ng, jahon moliya bozorlaridagi sharoitlardan kelib chiqqan holda, mamlakatning ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini 5 va/yoki 10 yil muddat bilan chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

«Roud-shou» davomida O‘zbekiston Respublikasining delegatsiyasi yirik investorlar bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Bunday uchrashuvlar natijasida, respublikaning ilk bor jahon moliya bozorlariga ilk qadami qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global koordinator hamda qo‘shma bukranner, Citi va Gazprombank – qo‘shma lid-menejyer va bukrannerlar etib tayinlangan.

Top