11:50 / 05.02.2019
6912

Parijda yirik yong‘in ro‘y berdi: Qurbonlar bor

Foto: AP

5 fevral kuni tongida Parij shahrining turistik hududida yong‘in chiqdi. 

Guardian nashri xabariga ko‘ra, 16-okrugdagi 8 qavatli turarjoyning yuqori qavatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 28 kishi jarohatlangan.

Yong‘inni o‘chirish ishlariga 200 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan, ular hududda ishni davom ettirishmoqda. Qo‘shni binolardagi aholi evakuatsiya qilingan.

Associated Press agentligi Parij o‘t o‘chirish xizmatidagi manbaga asoslanib xabar qilishicha, yong‘in vaqtida odamlar tomga chiqishgan, ayrimlar o‘zini derazadan tashlab qutulmoqchi bo‘lgan, bu esa qurbonlar sonini oshirgan.

Hozircha yong‘in sabablari ma'lum emas.

Ushbu turarjoy Bulon o‘rmoni yaqinida, Rolan Garros stadioniga taxminan bir kilometr masofada joylashgan. 16-okrug sayyohlar orasida mashhurdir. Eyfel minorasi ko‘rinib turadigan Trokadero maydoni hamda Park de Prens stadioni ham shu hududda joylashgan.

Mavzuga oid
Top