8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

07:35 / 05.02.2019 6892

Saudiya Arabistoni yamanlik ekstremistlarga AQSh qurolini yetkazib bermoqda – CNN

Foto: AFP/Getty Images

Saudiya Arabistoni va uning Yamanda harbiy harakatlar olib borayotgan koalitsiya bo‘yicha hamkorlari AQSh bilan kelishuvlarni buzgan holda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi bilan bog‘langan ekstremistlarga AQSh qurolini yetkazib bermoqda. Jurnalistik surishtiruv davomida olingan bunday ma'lumotlar CNN telekompaniyasi tomonidan taqdim qilindi.  

CNN’ning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni va BAA AQSh qurolidan jangarilar va isyonkor qabilalarning sodiqligiga erishishga imkon beruvchi, muayyan qurol-aslaha sotuvchilarining daromadini oshirish va umumiy holda Yamanda siyosiy kuchlarga ta'sir o‘tkazish vositasi sifatida foydalanmoqda. 

Bunday yondashuv esa AQSh qurol-yarog‘i, harbiy texnikasini koalitsiya a'zolariga sotish haqidagi kelishuv shartlarining buzilishi hisoblanadi.

Telekompaniya o‘tgan yil sentyabrda huquq himoyachilari Yamanning Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya zarbalari vaqtida odamlar halok bo‘lgan bir qator joylarida AQSh aviabombalari bo‘laklarini topishgani haqida xabar bergan.  Keyinroq yamanlik huquq himoyachilari CNN’ga AQSh aviabombalarining bo‘laklari tinch aholi halok bo‘lgan boshqa joylarda ham topilgani haqidagi hujjatni taqdim qilishgan.  

Yamanda 2014 yil avgustdan beri hukumat kuchlari va isyonchi husiylar o‘rtasida qarama-qarshilik davom etib kelmoqda. 

Top