09:51 / 05.02.2019
14068

Uzbekistan Airways Moskva - Toshkent chiptasi narxini 100 yevrogacha tushirdi

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi joriy yilning 4 fevralidan 31 martiga qadar Moskva - Toshkent - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha (O, S, U va L) klasslar uchun aviachiptalar narxlarini pasaytirdi

Moskva - Toshkent yo‘nalishida bir tomonga aviachiptalarning narxi 100 yevrodan va borish-qaytish uchun 200 yevrodan boshlanadi.

Qayd etilishicha, Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar kuniga uch marta amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top