O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan quyidagi tuzilmalar tasdiqlandi:
Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati;
Hukumatning Oliy Majlisdagi vakolatli vakili kotibiyati;
Xalqaro hamkorlik bo‘limi;
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash bo‘limi;
Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyati;
Yoshlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlari;
Hukumat apparati boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari, kotibiyatlari va hukumatning funksional bo‘linmalari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ochilboy Ramatov lavozimini saqlab qolgani va unga yangi vazirlik rahbarligi topshirilgani xabar berilgandi.