00:20 / 05.02.2019
17331

Xabib Nurmagomedovning bagaji o‘g‘irlab ketildi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning bagaji aeroportda o‘g‘irlab ketildi. Biroq sportchi buni kim qilganining tagiga yetgan.

“Do‘stim, bagajimni qaytarib ber. Men seni topib bo‘ldim”, deb yozgan Nurmagomedov instagramda va yukni berish bo‘limidagi videokameralardan olingan suratni ilova qilgan. Suratda o‘g‘rining yuzini ko‘rish mumkin.

Xabib tomonidan e'lon qilingan ikkinchi surat o‘g‘ri kimning bagajini o‘g‘irlayotganini bilganiga ishora qilmoqda, chunki uning qo‘lida sportchining avtobiografiyasi haqida kitob bo‘lgan.

“Axir senga kitob ham sovg‘a qilingandi-ku”, deb ranjigan Nurmagomedov o‘g‘ridan.

Mavzuga oid
Top