8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:06 / 06.02.2019 4917

Germaniya kubogi. «Borussiya D» uchta gol o‘tkazib, nimchorak finalda kurashni to‘xtatdi

Germaniya kubogining nimchorak final bosqichiga start berildi.

5 fevral oqshomida chorak finalning to‘rt ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi – Dortmundning «Borussiya» klubi ular orasida emas. Bundesliga yetakchisi «Verder»ni qabul qilib, asosiy vaqtda 1:1, qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 3:3 hisobiga imzo chekdi va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, «Hamburg» o‘z maydonida «Nyurnberg»ni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, «Bayyer» safarda «Heydenhaym»ga yutqazdi – 1:2. Ikkinchi Bundesliga vakillari o‘rtasidagi «Duysburg»-«Paderborn» uchrashuvida mehmonlarning qo‘li baland keldi – 1:3.

Bugun, 6 fevral kuni bosqich doirasida yana 4 uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Chorak finalga 10 fevralda qur'a tashlanadi.

Germaniya kubogi
1/8 final, 5 fevral
Haydenhaym – Bayyer 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 44 Brandt, 1:1 – 47 Dovedan, 2:1 – 72 Multaup.

Hamburg – Nyurnberg 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 54 O‘zjon.

Borussiya D – Verder 3:3 (1:1, 0:0, 1:0, 1:2), penaltilar bo‘yicha - 2:4
Gollar
: 0:1 – 5 Rashitsa, 1:1 – 45 Roys, 2:1 – 105 Pulishich, 2:2 – 108 Pisarro, 3:2 – 113 Hakimi, 3:3 – 119 Xarnik.
Borussiya D – Olshlegel, Diallo, Hakimi, Toprak, Gerreyru (Bruun Larsen, 90), Vitsel, Pulishich, Gyotse (Filipp, 90), Dileyni (Daud, 103), Roys (Pako Alkaser, 46), Vaygl.
Verder – Pavlenka, Augustinsson, Langkamp, Gebre Selassiye (Eggeshtayn, 114), Moysander, Shaxin (Mevald, 76), Klassen, Eggeshtayn, Bargfrede (Pisarro, 90), Rashitsa (Xarnik, 66), Kruze.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 2:3, 2:4.

Duysburg – Paderborn 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 47 Kauli, 1:1 – 52 Tekpetey, 1:2 – 61 Preger, 1:3 – 76 Antvi-Adjyey.

6 fevral
22:30. RB Leypsig – Volfsburg
22:30. Holshtayn Kil – Augsburg
00:45. Herta – Bavariya
00:45. Shalke – Fortuna

Top