8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:05 / 06.02.2019 75466

Jizzaxdagi avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolgani ma'lum bo‘ldi

Jizzax viloyatida bo‘lajak PSA Groupe avtomobil zavodi maydonchasida qurilish ishlarining to‘xtatilishi loyiha texnologik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq. Bu haqda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Azizbek Shukurov xabar berdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Texnologik konsepsiyani qayta ko‘rib chiqayotganimiz haqida aytayotganimiz tufayli, devorlar va tomlarning o‘zidan tashqari, u yerda texnologik uskunalar ham bo‘lishi kerak. Avtomobilsozlikda asbob-uskuna shunchaki yerga joylashtirilmaydi. Texnologiyaga bog‘liq jihatlar hali tayyor emas», - dedi Shukurov.

Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive O‘zbekiston-Fransiya avtomobil zavodi 2018 yil dekabr oyi boshida dastlabki mahsulotni ishlab chiqarishi kerak edi, ammo ishlab chiqaruvchilar loyiha qayta ko‘rib chiqilishi haqida xabar berishdi.

Ishlab chiqarish kompleksi poydevoriga kapsula qo‘yish marosimi 2017 yil iyul oyida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab, zavod quvvati yiliga 16 ming dona avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangani xabar qilingandi.

«O‘zavtosanoat» ma'lumotlariga ko‘ra, loyihada yo‘lovchilar va yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobilini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan nomi o‘zgarishi xabar qilingandi.

Top