8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:54 / 06.02.2019 8954

«Kapitalbank» – Andijonda yangi Markaz va yuqori sifatli xizmatlar!

«Kapitalbank» ATB bir nuqtada turib qolmay, bank xizmatlari sohasiga innovatsiyalar joriy qilishda va respublika bo‘yicha filiallarini kengaytirishda davom etmoqda.

Foto: Kapitalbank

3 fevral kuni Andijon shahrida «Kapitalbank» ATBning «Andijon» bank xizmatlari ko‘rsatish Markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Jismoniy va yuridik shaxslar uchun xizmat qiluvchi bu markazni ochishdan maqsad – yuqori texnologiyali bank xizmatlarini ko‘rsatish madaniyatini oshirishdan iborat.  Bank xizmatlari ko‘rsatish Markazining yangi binosida turli bo‘limlar faoliyat yuritadi va ularda mijozlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Shuningdek "Kapital 24/7" o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish innovatsion hududi ham tashkil etilgan bo‘lib, mijozlar bu imkoniyatdan sutka davomida uzluksiz foydalanishlari mumkin.

Foto: Kapitalbank

Yangi Markazda bank xizmatlari ko‘rsatishning barcha turlari – jismoniy shaxslardan yuridik shaxslargacha hisob raqami ochish va boshqa ko‘plab bank xizmatlari soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.  

Ta'kidlash joizki, «Kapitalbank» ATBning barqarorligi “Axbor-Reyting” milliy reyting agentligi tomonidan “o‘zA+juda yuqori” deya baholangan. Bundan tashqari bank qator xalqaro reyting agentliklari tomonidan ijobiy bahoga loyiq ko‘rilgan. Xususan Moody's agentligi tomonidan - B3, barqaror prognoz qo‘yilgan. 

Foto: Kapitalbank

Bular shundan dalolat beradiki «Kapitalbank» bir nuqtada turib qolmayapti va o‘z xizmatlari doirasini muntazam kengaytirib borish bilan birga sifat darajasini ham yuqori darajada saqlab turibdi.

Reklama huquqi asosida

Top