22:08 / 06.02.2019
13397
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining muammosi hal etildi

Kun.uz sayti tahririyati Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Qozirabot» mahallasi, Nurxon 4-tor ko‘chada joylashgan 20-b uyda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rgangan, saytda «Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari: «Inson shunday sharoitda ham yashashi mumkinmi?» sarlavhali material e'lon qilingandi.

Unda yotoqxonaning faqat tashqi tomoni chiroyli ta'mirlangani, ishlar qo‘l uchida qilingani, elektr, gaz va suv ta'minotida muammolar mavjudligi, yotoqxona tomlaridan chakka o‘tishi, devorlar yorilgan holatdaligi, yotoqxona eshiklari yaxshi yopilmasligi, ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilmagani bayon qilingandi.

Jurnalistik surishtiruv davomida tegishli muassasalar yuqoridagi holatlarni tuzatishga va'da berishgandi.

Va'da qilingan muddat o‘tgandan so‘ng, yana ushbu yotoqxonaga bordik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Bu safar guvoh bo‘ldikki, ayni vaqtga kelib, ta'mirlash ishlari deyarli tugatilgan, asosiy ishlar bajarib bo‘lingan ekan. Eng muhimi aholi bundan xursand. Ular tegishli idoralarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bu sharoitlarni asrab-avaylashga so‘z berishdi.

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top