15:40 / 06.02.2019
59922

Peterburgda o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Foto: Moyka78

Peterburgda Kimyo-farmatsevtika akademiyasining talabalariga muz bo‘lagi tushib ketdi. Ulardan biri - 23 yoshli B.O. - halok bo‘ldi. Ikkinchisi Mariinskiy kasalxonasiga olib ketildi.

Rossiya OAVning xabar berishicha, fojia kunduz kuni sodir bo‘lgan. Ro‘y bergan voqea videokuzatuv kameralariga muhrlangan. Yozuvlarga ko‘ra, muz parchasi ancha katta bo‘lgan. B.O. voqea joyida halok bo‘lgan. Uning sherigi jarohatlangani tufayli Mariinskiy kasalxonasiga olib ketildi.

B.O. Sankt-Peterburg davlat Kimyo-farmatsevtika universitetining farmatsevtika fakulteti beshinchi bosqichida tahsil olgan. Bu shaharga u o‘z oilasi bilan O‘zbekistondan kelgan.

Top