8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

10:23 / 06.02.2019 28556

Qodirov Nurmagomedovning otasiga Mercedes sovg‘a qildi

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning Instagram’da aytishicha, otasi Abdulmannop Checheniston rahbari Ramzon Qodirovdan qora rangdagi Mercedes’ni sovg‘a sifatida qabul qilib oldi.

Foto: Instagram/ @khabib_nurmagomedov

Sportchi otasi va «Dog‘istonning juda ko‘p oilalariga» qaratgan e'tibori uchun siyosatchiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, kichik Nurmagomedovning eslashicha, Qodirov «birodar Dog‘iston xalqiga» nisbatan munosib ishlarni amalga oshirgan.

2018 yilning noyabrida Checheniston rahbari besh yoshli Rahim Kuriyevga to‘rt ming marta gavdasini ko‘tarib-tushira olgani uchun oq Mercedes sovg‘a qilgandi. Mashina Ahmad-Hoji Qodirov jamg‘armasi nomidan bolakayga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlashi xabar berilgandi.

Top