11:49 / 06.02.2019
14761

Toshkentda katta miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qonunbuzarlar tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, bojxonachilar tomonidan Xitoydan kelgan va shahardagi omborlardan birida saqlanayotgan oyoq kiyim tagliklari nazoratdan o‘tkazildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tekshiruv vaqtida aniqlanishicha, hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlardan ortiqcha bo‘lgan va yashirin tarzda saqlanayotgan 2400 juft bolalar oyoq kiyimi, 57 525 juft ayollar shippagining tag qismi va 72 348 juft ayollar shippagining ustki qismi borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy saqlanayotgan tovarlarning umumiy qiymati 2 milliard 647 millionni tashkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Top