11:38 / 07.02.2019
30273

«Putinga sovg‘a»: Klinton Trampning raketalar bitimi bo‘yicha qarori haqida

Foto: Global Look Press/ZUMAPRESS.com/Nancy Kaszerman

AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton ma'lum qilishicha, Amerika yetakchisi Donald Trampning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqish qarori Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun «sovg‘a» hisoblanadi. Bu haqda The Hill yozmoqda.

Klintonning qayd etishicha, sobiq prezident Barak Obama ma'muriyati O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha bitim yuzasidan Rossiya bilan hamkorlik qilishda «nisbatan yaxshiroq ishlashi» kerak edi. Shu bilan birga, uning fikriga ko‘ra, Tramp Putinga sovg‘a taqdim etdi, sababi Rossiya prezidenti bitim bo‘yicha «aldamchi harakatlar» uchun «javobgarlikni» o‘z zimmasiga olmadi.

«Dunyoga hozirda kerak bo‘lgan eng so‘nggi narsa - yadro qurollari poygasi», - deb ta'kidlab o‘tdi Klinton.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya gipertovushli raketani qachon yaratishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top