00:31 / 08.02.2019
9843
Makron Merkel bilan kelishmovchilik sababli Myunxenga borishdan bosh tortdi – OAV
Foto: kremlin.ru

Germaniya bilan “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirish masalasi bo‘yicha ziddiyat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumaniga tashrif buyurishdan bosh tortishiga ta'sir qildi.

Suddeutsche Zeitung nashrining ma'lum qilishicha, Makronni ziddiyat ortida Merkel bilan bir minbardan nutq so‘zlashi istiqboli shashtini so‘ndirgan.

Makronning ishonchli vakili Xenrix Enderlyayn bu qadamni Germaniya uchun “ramziy signal”ligi va ikki davlat o‘rtasidagi “uzoqlashish”ning alomati ekanligini aytgan.

Makronning anjumanga borishni rad etishining rasmiy sababi sifatida Fransiya rahbarining anjuman o‘tkaziladigan 15-17 fevral kunlari jadvalidagi murakkabliklar aytilgan. Uning Merkel bilan birgalikdagi chiqishi 16 fevralda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Avvalroq Fransiya Yevropa Ittifoqining “Shimoliy oqim-2”ni amalga oshirishga taalluqli gaz direktivasining qayta ko‘rib chiqilishini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan. Berlin esa direktivaning o‘zgartirilishiga qat'iy qarshi chiqmoqda. 

Top