8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:02 / 08.02.2019 20494

Ofisga bormay shug‘ullanish mumkin bo‘lgan top-kasblar

Istagan inson zerikarli ofis, ishga qatnash, yo‘llardagi tirbandlik kabi muammolarni o‘z hayotidan chiqarib tashlashi mumkin, har bir kishi monitor oldida ovqatlanib ishlashi mumkin. Faqat nima bilan shug‘ullanishni tanlashgina qoladi. Trendymen uydan chiqmay turib shug‘ullanish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ish variantlariga oid ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Veb-dasturchi

Vazifasi: kompaniya saytlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash

Veb-dasturchi kasbi hech qachon eskirmaydi. Inson faoliyatining deyarli barcha sohalari onlayn tizimga o‘tkazilmoqda. Mavjud loyihalar faoliyatini kuzatish va yangilarini yaratish - nafaqat qiziqarli, balki istiqbolli hamdir. Bu sohadagi malakali mutaxassisning ish haqi ham shunga yarasha: aynan veb-ishlanmalar yo‘nalishida pulli kompensatsiya juda yuqori.

Tarjimon

Vazifasi: tarjima qilish

Tarjimonlik kasbi butun umrni bag‘ishlash kerak bo‘lgan ishlardan biri. Til juda dinamik va uni bittada yod olish bilan ish bitmaydi. Talabgor mutaxassis bo‘lish uchun doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Bunday darajaga erishgach esa ish haqi miqdori haqida ham, ish joyi haqida ham xavotirga o‘rin qolmaydi: yuqori darajali professionallar qayerdan turib ishlashidan qat'i nazar talab katta bo‘ladi.

Yozuvchi

Vazifasi: yozish

Bu bozorda vakansiyalar boshqa joydagidan katta. Har qanday darajadagi jurnalistika, ingliz tilidagi manbalar rerayti yoki asarlar yozish - bularning bari yaxshigina daromad keltirishi mumkin. Asosiysi, diqqatni mayda-chuydalarga jamlamaslik. Umuman olganda, bu deyarli har bir ishga taalluqli.

Illyustrator

Vazifasi: bir necha usulda chiza olish

Illyustrator kasbi doimiy o‘zlikni izlash imkoni mavjudligi bilan yaxshi. Illyustratsiya hech qachon shunchaki pul uchun ish bo‘lib qolmaydi, bu hayotning bir qismi, ko‘pincha uning mazmuni hamdir. Hech kim bu ish bilan majburan shug‘ullanmaydi.

Dizayner

Vazifasi: buyurtmachi didiga mos dizayn yaratish

Bu kasb birinchi navbatda qo‘llash ko‘lami kengligi bilan qulay. Bugungi kunda dizayner birgina ko‘nikma bilan cheklanmaydi. Bozordagi raqobat shu qadar kuchliki, mutaxassis hech bo‘lmaganda bir necha kasb asoslarini bilishi talab etiladi: sahifalashdan to mijozlar bilan muloqot qilishgacha. Bularning baridan professional dizayner ish haqi miqdori kelib chiqadi va u hatto shaxsiy studiyasini ochish imkoniga ham ega bo‘ladi.

Top