08:27 / 09.02.2019
5950

A Seriya. «Roma» yana uchta gol urdi

Foto: AS Roma

8 fevral kuni Italiya chempionatida 23-turning yana bir uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda «Roma» safarda «Kevo»ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Rimliklarning gollariga Al-Shaaravi, Edin Jyeko va Aleksandr Kolarov mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Roma» kecha turning ochilish o‘yinida «Empoli»ni yenggan «Latsio» bilan ochkolari hisobini yana tenglashtirib oldi va 4-pog‘onaga joylashdi.

Qayd etish kerak, «bo‘rilar» A Seriyadagi oxirgi 8ta o‘yindan 5tasini 3ta gol urgan holda yakunlashdi.

Bugun, 9 fevral kuni «Napoli» «Fiorentina»ga qarshi, «Inter» esa «Parma» bilan maydonga tushadi; grandlar o‘z o‘yinlarini safarda o‘tkazadilar. Turning qolgan bahslari yakshanba kuniga belgilangan.

Italiya chempionati
23-tur, 8 fevral
Kevo – Roma 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 9 Al-Shaaravi, 0:2 – 18 Jyeko, 0:3 – 51 Kolarov.
Roma – Mirante, Karsdorp, Fasio, Markano, Kolarov, Kristante, Nzonzi, Dzanolo (de Rossi, 76), Shik (Florensi, 59), Djyeko, El-Shaaravi (Klyuyvert, 86).

7 fevral
Latsio – Empoli 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 42, penalti Kaysedo.
Latsio – Strakosha, Bashtush, Acherbi, Radu, Romulo, Milinkovich-Savich (Kataldi, 58), Leyva, Berisha (Badel, 77), Lulich, Korrea, Kaysedo (Netu, 84).

9 fevral
22:00. Fiorentina – Napoli
00:30. Parma – Inter

10 fevral
16:30. Bolonya – Djyenoa
19:00. Torino – Udineze
19:00. Atalanta – SPAL
19:00. Sampdoriya – Frozinone
22:00. Sassuolo – Yuventus
00:30. Milan – Kalyari

Top