8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

09:21 / 09.02.2019 4148

Amazon Nyu-Yorkdagi qarorgohidan voz kechishi mumkin

Foto: Getty Images

Amazon Nyu-Yorkda yangi bosh qarorgoh ochish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya Nyu-York shtati qonun chiqaruvchilarining qator noroziliklari tufayli bino qurilishidan voz kechishi mumkin.

Qayd etilishicha, gap Kuins tumanida Amazon ofisini qurish haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, korporatsiya yangi bosh qarorgohining ochilishi 25 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratishga olib kelishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon’ning kapitallashuvi 40 mlrd dollarga «qulagandi».

Top