07:40 / 09.02.2019
13142

JST Janubiy Koreyaga AQShga qarshi sanksiyalar qo‘llashga ruxsat berdi

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

Jahon savdo tashkiloti (JST) Janubiy Koreyaga AQShga qarshi 84,8 mln dollarlik savdo sanksiyalarini joriy etishga ruxsat berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Seul Vashingtonning antidemping bojlariga javoban sanksiyalar joriy etishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, gap kir yuvish mashinalariga bojlar haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, JSTda tan olishlaricha, AQSh bojlari tashkilotning qoidalarini buzmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyani JST qoidalarini buzganlikda gumonlagandi.

Top